Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi xalqaro hamkorlik doirasida o’z laboratoriyalarini rivojlantirish maqsadida Latviyaning BIOR ilmiy-tadqiqot instituti bilan o’zaro hamkorlik yo’lga qo’yildi.

Shu munosabat bilan institutning eksperti Vadim Bartkevich joriy yilning 4-11 mart kunlari Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi hamda Chirchiq, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Farg’ona va Аndijon sinov va sertifikatlashtirish markazlarida bo’lib, oziq-ovqat mahsulotlarini sinash laboratoriyalarining bugungi kundagi holati va kelgusidagi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. 

Ekspert tomonidan olib borilgan o’rganishlar natijasi yuzasidan tayyorlangan taqdimot materiallari agentlik hamda tizim tashkilotlari rahbarlariga namoyish etildi.