“O’zstandart” agentligining navbatdagi sayyor uchrashuvi Olmaliq sinov va sertifkatlashtirish markazining hamkor korxonalarida tashkil etildi.

Dastlab, hududda joylashgan “Jurabek Laboratories” korxona faoliyati bilan tanishildi. Korxona yurtimiz aholisini sifatli va keng iste'moldagi dori darmonlar bilan ta'minlash maqsadida tashkil etilgan bo’lib, faoliyati mobaynida ishlab chiqarilgan dori mahsulotlari ham ichki, ham tashqi bozorlarda o’z o’rnini egallagan.

So’ngra, sayyor uchrashuv jarayonlari “O’zstandart” agentligi Bosh direktori D.Sattarov boshchiligida “Angren Shakar” korxonasida davom etdi. Korxona 2015 yilda ishga tushirilgan bo’lib, shakarqamish xom-ashyosidan shakar ishlab chiqarishga mo’ljallangan. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 330,0  ming tonnani tashkil qiladi.

Uchrashuv davomida korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishda standart talablari hamda sifat tizimlarining joriy etilishi va sertifikatlashtirish sohalarida mavjud muammolar o’rtaga tashlanib, hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.