Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi xodimlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish maqsadida “Kitoblar olami” savdo uyi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Hamkorlikda o‘tkazildan tadbir davomida markaz xodimlari tomonidan badiiy adabiyotlar, she’riy to‘plamlar, romanlar, qissa va hikoya ko‘rinishidagi ko‘plab kitoblar xarid qilindi.

Bundan tashqari har haftaning shanba kunida Ma’naviyat targ‘ibot bo‘limi va Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan “Bir haftada bir kitob mutolaa qilamiz” deb nomlangan kitobxonlik tadbirida markaz xodimlari guruhlarga bo‘lingan holda faol qatnashib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida markaz xodimlarining kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirib, jamiyatda faol bo‘lishga, o‘z bilim va ko‘nikmalarini charxlashda katta hissa qo‘shadi.