Biz har kuni iste’molchi sifatida bozorlar yoxud savdo majmualaridan biror bir mahsulot xarid qilamiz. Shubhasiz, sotib olgan mahsulotimiz o‘zimiz va oilamiz uchun sifati kafolatlangan va xavfsiz bo‘lishi lozim.

Ming afsuski, iste’molchilarimiz har doim ham bozorlarimizdan sifatli mahsulot xarid qilayaptilar, deb ayta olmaymiz.

“O‘zstandart” agentligi tegishli hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Nazorat xaridi”ni amalga oshirib kelmoqda. Agentlik tomonidan o‘tgan davr mobaynida 148.8 mlrd so‘mdan ortiq mahalliy va import qilinayotgan mahsulotlar tegishli me’yorlarga javob bermaganligi aniqlandi.

Bulardan 5.0 mlrd. so‘m qiymatidagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Rossiya, Pokiston, Gruziya davlatlaridan import qilingani ma’lum bo‘ldi.

 

Birgina, Joriy yilning o‘tgan davri ichida Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi “Chuqursoy” sertifikatlashtirish idorasi tomonidan konservalangan “ko‘k no‘xat”, “qizil loviya”, “saryog‘” va “atlantika skumbriya”si mahsulotlari sifat ko‘rsatgichlari laboratoriya sinovlarida nomuvofiqligi aniqlandi.

Hurmatli iste’molchilar, mahsulot xarid qilayotganingizda albatta uning tegishli sertifikati va sifatiga e’tiborli bo‘lishingizni tavsiya qilamiz.