Shvetsariya davlatining Jeneva shahrida BMTning Yevropa Iqtisodiy komissiyasi tijorat standartlari bo‘yicha navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur xalqaro yig‘ilishda quruq va quritilgan mevalar bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan yangi tijorat standartlari va ularga qo‘shimchalar kiritish masalalari ko‘rib chiqilishi mo‘ljallangan.

Tadbirda O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, AQSh, Keniya, Turkiya, Ispaniya, Eron va Pokiston kabi davlatlardan vakillar ishtirok etmoqdalar.

Xalqaro anjuman davomida yurtimiz vakillari (“O‘zstandart agentligi”, “Jahon Exim Group”, “Alimkhan Exim Group”, Savdoni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash loyihasi (BMT TTD) tomonidan quritilgan qovun mahsulotlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan loyihalar namoyish etildi va ushbu mahsulot uchun ishlab chiqarilgan yangi savdo standartini himoyasi xorijlik ekspertlarda ijobiy taasurot qoldirdi.