“O‘zstandart” agentligining bir guruh vakillari Moskva Milliy texnik tadqiqotlar Universitetida bo‘lib, oliy o‘quv yurtida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar hamda ta’lim olayotgan bir guruh o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdilar.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ko‘magida o‘tkazilgan muloqotlar jarayonida “O‘zstandart” agentligi Standartlar instituti direktori G‘ayrat G‘oziyev boshchiligidagi ishchi guruh bu yerda tahsil olayotgan yurtimiz yoshlarining hayoti va o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Shu bilan birga, talabalarning yozgi o‘quv amaliyotlarini “O‘zstandart” agentligi tizimidagi tashkilotlarda o‘tkazishlari, bitiruvchi kurs talabalarining malakaviy diplom ishlarini Agentlik tasarrufidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish hamda standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash va texnik jihatdan tartibga solish yo‘nalishlarida o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyati integratsiya tizimini yo‘lga qo‘yish chora tadbirlari haqida fikrlashdilar.