“O‘zstandart” agentligi tashabbusi bilan Farg‘ona sinov va sertifikatlashtirish markazida va markazning hamkor korxonalarida markaziy hamda mahalliy jurnalistlar ishtirokida media-tur tashkil etildi.

Dastlab, markaz direktori A.Abdullayev jurnalistlarga shu yilning I-yarim yillik davr mobaynida sertifikatlashtirish, metrologiya hamda aholi va tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Tadbir davomida Farg‘ona sinov va sertifikatlashtirish marazi qoshida Qirg‘iziston davlati bilan hamkorlikda “Sentr podtverjdeniya sootvetsviya” qo‘shma laboratoriyani ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Hozirgi kunda mazkur laboratoriya halqaro ILAC tashkilotining to‘laqonli a’zosi bo‘lgan Qirg‘iziston Respublikasidagi akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatlandi va tegishli guvohnoma berildi. Tashkil etilgan qo‘shma laboratoriyaning asosiy faoliyati – oziq-ovqat, meva-sabzavotlar va poliz mahsulotlari sinovlarini xalqaro standart talablari asosida o‘tkazish, bu bilan mamlakatimizda yettishtirilgan mahsulotlarni sinov natijalari yoki bayonnomalari dunyoning 110 ta davlatida tan olinishiga erishildi.

Tadbirning ikkinchi qismida Marg‘ilon shahridagi Turkiya davlati bilan xamkorlikda tashkil etilgan shrup-bolt ishlab chiqaruvchi “Gold valley metall product” va Farg‘ona shahrida faoliyat yurituvchi Janubiy Koreya davlati bilan birgalikda tashkil etilgan rentgen qurilmalarini ishlab chiqaruvchi “LISTEM-FERGANA” korxonalarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.