“O‘zstandart” agentligining bir guruh yosh mutaxassislari Tashqi ishlar vazirligining tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro treningda ishtirok etish uchun jo‘nab ketdilar.

Mutaxassislar Janubiy Koreyada bir hafta davomida standartlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘z bilim va malakalarini oshirib qaytadilar.