Mamalakatimizda ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarimizning sifati va uning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu kunga qadar mamlakatimizdagi eksportyor korxonalarda xalqaro ISO, GLOBAL GAP, Organic, OEKO-TEX va boshqa standartlarni joriy etish va ushbu standart talablari asosida sertifikatlashtirish uchun sarflanadigan xarajatlarning yuqoriligi ishlab chiqaruvchiga moliyaviy yuk bo‘lib kelmoqda edi.

Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan bir qator ko‘maklar berilmoqda, ya’ni xalqaro standartlarni joriy qilish va sertifikatlashtirish xarajatlari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab beriladigan bo‘ldi.

Xalqaro ISO, GLOBAL GAP, Organic, standartlarini joriy etish va sertifikatlashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va qayta ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchilar uchun Yevropa, Osiyo va Hamdo‘stlik mamlakatlari bozorlarida mahsulotlari bilan o‘z o‘rinlarini egallashga va eksport salohiyatini oshirishga imkoniyatlar yaratadi.

Bundan tashqari, sifat menejmenti tizimlarini joriy etgan va milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalardan foydalanadigan tadbirkorlik sub’ektlariga, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotning muvofiqligini deklaratsiyalash yo‘li bilan tasdiqlash huquqi ham berildi.

Albatta bunday harakatlar milliy mahsulotlarimiz sifatini va jahon bozorlaridagi mavqeini yanada oshirishga xizmat qiladi.