Standartlashtirish va muvofiqlikni baxolash soxalarini rivojlantirishga qaratilgan xukumat qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 13 sentyabr kuni “O‘zstandart” agentligi Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC)ning Halol oziq-ovqat masalalari (TC1 Halal Food Issues), Xizmat ko‘rsatish masalalari (TC3 Service Site Issues), Energiya samaradorligi va muqobil energiya (TC4 Energy Efficiency and Renewable Energy), Turizm va tegishli xizmatlar (TC5 Tourism and Related Services), Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (TC6 Agricultural Products), Yuk tashish (TC7 Transportation), TQ8 Teri va teri matriallari (TC8 Leather and Tanning Materials), Tekstil va tegishli mahsulotlar (TC9 Textile and Related Products), Halol boshqaruv tizimi (TC11 Halal Management System), Zargarlik buyumlari (TC13 Jewellery), Terminalogiya (TC15 Terminology) va Halol dori-darmonlar (TC16 Halal Pharmaceuticals) texnik qo‘mitalariga a’zo bo‘ldi.

Texnik qo‘mitalarga a’zo bo‘lish, SMIIC tashkilotiga a’zo davlatlar bilan birga xalqaro standartlarni bevosita ishlab chiqish imkonini beradi.