Bugungi kunda Respublikamizda tadbirkorlik muhitini yaxshilash va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini xalqaro talablarga javob berishini hamda tadbirkorlarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar halqaro bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan Yevropa standarti asosida “Tabiiy toshdan mahsulotlar qoplash plitkalari. Texnikaviy shartlar” davlat standarti loyihasi ishlab chiqildi.

Ushbu standart loyihasi bo‘yicha taklif va mulohazalaringizni stan@standart.uz elektron pochtaga yuborishingiz mumkin.