O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida metrologiya sohasida ikki tomonlama manfaatli aloqalarni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasi va Belorusiya davlat metrologiya instituti (BelGIM) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

Belorusiya davlat metrologiya instituti (BelGIM) bilan imzolangan mazkur kelishuv Belorusiya va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasida metrologiya sohasini rivojlanishiga xizmat qiladi. Mazkur kelishuv asosida Belorusiyada metrologiya sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishish, birgalikda ilmiy izlanishlar qilish, loyihalarni amalga oshirish, treyning-seminarlar tashkil etish va malaka oshirish imkoniyatlari yaratiladi.