“O‘zstandart” agentligi tizimdagi Standartlar instituti hamda Tailandning Bangkok shahrida joylashgan Chulalongkorn milliy tadqiqotlar universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.


Chulalongkorn milliy tadqiqotlar universiteti Tailanddagi milliy standartlar boshqaruvi hamda sifatni baholash tizimida faoliyat olib boruvchi dunyoning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu memorandum doirasida “Halol” standartini hayotimizga samarali tadbiq etishda ikki davlat o‘rtasida ilmiy, amaliy hamkorlikni o‘zaro yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.