“O‘zstandart” agentligida jahon banki tuzilmalaridan biri hisoblangan Xalqaro moliya korporatsiyasi mas’ullari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda kimyo sohasidagi investitsiya muhitini yaxshilash, IFC tashkilotining maslahat xizmatlari loyihasini tayyorlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama etildi.   

Uchrashuvda xorijiy ekspertlar tomonidan IFC tashkiloti doimiy  maslahatchi sifatida O‘zbekiston hukumatiga loyihalar ishlab chiqish, hamda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi  munosabatlarning shaffofligini ta’minlashda yordam berishi ta’kidlab o‘tildi. 

Rejalashtirilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihasi O‘zbekistonda kimyo sanoati sohasini yaxshilashga qaratilayotganligi, shu bilan birga kimyo sanoati  mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini va eksporti hajmlarini oshirish, ularning xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilishini ta’minlashda  standartlashtirish va muvofiqlikni baholash  sohalari  alohida o‘rin tutishi qayd etildi.