Xalqimizda bahorning tashrifi munosabati bilan shukronalik, ahillik, birdamlik, o‘zgalarga sahovat ulashishdek urf-odatlarimiz yanada jonlanadi.

 

Ayniqsa, mahallarda, ko‘cha xiyobonlarda hasharlar tashkillashtirilib tozalik hamda obodonlashtirish ishlarining olib borilishi xalqimizga xos bo‘lgan fazilat hisoblanadi.

“O‘zstandart” agentligida ham “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Agentlik hududida daraxtlarga ishlov berish, tozalik, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.