Bugun 1 may kuni soat 15.00da Standartlar instituti hamda USAIDning Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish (AVC) loyihasi tomonidan navbatdagi onlayn-vebinar tashkil etilmoqda.
Bu safar siz Global G.A.P. xalqaro sertifikatini olish bo‘yicha yangi chop etilgan Qo‘llanmasi taqdimoti bilan tanishishingiz va uning elektron nusxasini yuklab olishingiz hamda Global GAP bo‘yicha xalqaro auditor Lenur Eredjepovdan Karantin davrida halqaro sertifikatlash qanday bajarilayotgani haqida ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin bo‘ladi.

Onlayn-konferensiya
Ish TARTIBI:
14:30 – 15:00 Ishtirokchilar konferensiya ulanishlari va ro‘yxatdan o‘tish;
15:00 – 15:20 Kirish so‘zi va qatnashchilarni mavzu bilan tanishtirish – Global G.A.P. xalqaro sertifikatini olish bo‘yicha yangi chop etilgan Qo‘llanmasi taqdimoti - Jasurbek Rustamov, USAIDning Qishloq xo‘jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish (AVC) loyihasi Xalqaro standartlar bo‘yicha mutaxasisi;
15:20 – 15:30 Karantin davrida halqaro sertifikatlash qanday bajarilmoqda - Lenur Eredjepov Global GAP bo‘yicha xalqaro auditor. (Eurocert International);
15:30 – 16:20 Savol-javoblar – Taqdimotchilar ishtirokchilar savollariga javob berishadi;
16:20 – 16:30 Xulosalar va yakuniy so‘z – J. Rustamov.
Onlayn konferensiyada ishtirok etish uchun WEBEX ilovasini telefoningizga o‘rnatib olishingiz zarur.
Konferensiyaga ulanish uchun quyidagi havolani bosing:

http://shorturl.at/BGHX7