“O‘zstandart” agentligi yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan “Global G.A.P.” standartini joriy qilgan eksportyor korxonalari sonini oshirish maqsadida nafaqat meva va sabzavot mahsulotlari, balki qishloq xo‘jaligining chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, gul va dekorativ o‘simliklari kabi yo‘nalishlarida ham keng joriy etishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, hududiy hokimliklar bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi korxonalari va hududiy eksportyorlar kesimida tarmoq jadvaliga kiritilgan 119 ta xo‘jaliklari bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirishga ko‘maklashish yo‘lga qo‘yilmoqda.