“O‘zstandart” agentligi tomonidan hozirda 9 ta qishloq ho‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi xo‘jaliklari ORGANIK standarti asosida xalqaro sertifikatlar bilan ta’minlandi. Jumladan, Samarqand viloyatidagi 3 ta , Jizzax viloyatidagi 6 ta ishlab chiqaruvchilar xalqaro sertifikatlar bilan ta’minlandi.
Mazkur sertifikatlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirayotgan xo‘jaliklariga jahon bozorlariga chiqish imkoniyatini beradi.