Butun jahon metrologiya kuni munosabati bilan «O‘zstandart» agentligi tizimidagi O‘zbeiston milliy metrologiya instituti mas’ullari bilan Jahon banki ekspertlari o‘rtasida videokonferensiya o‘tkazildi. VKA «O‘zstandart» agentligi va Jahon banki vakillari o‘rtasidagi Metrologiya va akkreditatsiya masalalari bo‘yicha ekspert muhokamalar o‘tkazish bo‘yicha kelishuv doirasida tashkil etildi.Onlayn uchrashuvda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktor L. Saidoripov, direktor o‘rinbosari N. Raymjonov, shuningdek bo‘lim boshliqlari ishtirok etdilar. Shuningdek, «O‘zstandart» agentligidan uchrashuvda Bosh direktor maslahatchisi A. Pardayev ishtirok etdi.
    VKAda etalonlar bazasini kengaytirish, xalqaro akkreditatsiya (KOOMET, TURKAK) olish, shuningdek, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishga ko‘maklashish masalalarini muhokama qilindi. Onlayn uchrashuv natijalariga ko‘ra O‘zMMI faoliyatida raqamlashtirishni keng joriy etish, etalonlar bazasini kengaytirish, tibbiyot va farmatsevtika sohalarida metrologik xizmatlar turlarini ko‘paytirish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlariga a’zo bo‘lishga ko‘maklashish bo‘yicha aniq takliflar asosida qo‘shma ish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.