“O‘zstandart” agentligi tomonidan yurtimizda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga standart sohasida qulaylik yaratish maqsadida ASTM International tashkiloti (AQSh)ning himoya kiyimlari va uning sinoviga oid 24 ta standarti, 1 ta ISO xalqaro tashkilotining standarti (ISO 13982) standarti qabul qilindi;

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi standarti (EH 14683) asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda tibbiyot niqoblariga davlat standarti ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Shu bilan birga o‘zaro hamkorlik doirasida Xitoy, AQSh, Yevropa Ittifoqining tibbiyot, tibbiy yuz maskalari va himoya kiyimlariga oid ishlab chiqilgan 80 ta standarti olindi. Ushbu standartlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga tibbiy yuz maskalari va himoya kiyimlari mahsulotlarini jahon standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish hamda ularni ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berishiga xizmat qiladi.