“O‘zstandart” agentligi, xalqaro hamkorlik boshqarmasi tashabbusi bilan Xitoy davlatining Sertifikatlashtirish va inspeksiya guruhi (CCIC) huzuridagi Sifat sertifikatlashtirish markazi (SQC) bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Xitoy davlatiga eksport qilish, SE markirovkasi bo‘yicha onlayn muloqot o‘tkazildi.


Uchrashuv jarayonida, mahalliy eksportyor korxonalar uchun mahsulotlarni Xitoyga eksport qilishdagi qo‘yilgan talablar bo‘yicha seminar-treyning o‘tkazishga kelishib olindi.