“O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Chirchiq Filiali tomonidan tadbirkorlar hamda ishlab chiqaruvchilarga metrologik xizmat turlarining sifatini yaxshilashga e’tibor berilmoqda.


Filial tomonidan o‘tgan davri mobaynida jami 550647.9 ming so‘m metrologik xizmatlar ko‘rsatildi. Jumladan, 24 ta murojaat asosida 155 dona o‘lchash vositasi metrologik attestatlashdan o‘tkazilib 17254.6 ming so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi.
Xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlariga qo‘shimcha qo‘layliklar yaratish maqsadida, maxsus Damas avtotransporti logistik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish uchun biriktirilgan bo‘lib, 85 korxonaga ushbu xizmat turi ko‘rsatib kelinmoqda.
Shuningdek, Filial laboratoriyalari sharoitlarini yaxshilash va qo‘laylik yaratish maqsadida o‘lchash vositalarini metrologik attestatlash va qiyoslash byurosi qayta jihozlanib, kerakli zaruriy anjomlar bilan ta’minlandi.
Filial bugunda Toshkent viloyatining 7 ta yirik tumanlariga xizmt ko‘rsatishini inobatga olinib, mavjud 3 ta metrologik xizmat ko‘rsatish shaxobchalari 5 taga ko‘paytirildi ya’ni Qibray va Toshkent tumanlarida yangi shaxobchalar tashkil etildi.