Ayni kunlarda yurtimizning mirishkor dehqonlarining sayi-harakatlari bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari pishib yetilmoqda. Jannatmakon dalalardagi mahsulotlar o‘zining vitaminlarga boyligi, ta’mining shirinligi hamda jahon bozorlarida xaridorligi bilan ajralib turadi.
Mamalakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat maxsulotlar sifatini oshirish va xorijiy bozorlarga olib chiqish eng ustuvor vazifadir.
Lekin, mahsulotlarni jahon bozorlariga chiqishida xalqaro standartlarda qabul qilingan talablariga mos bo‘lishida, hali biz ko‘zlagan maqsadlarga to‘liq yetganimiz yo‘q. Shu bois, “O‘zstandart” agentligi bu borada Sizlarga ko‘makdosh ekanligini e’tirof etgan holda birgalikda yuqori sifatga erishish zarurligini bildiradi.
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni xamda pishib yetilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini nes-nobud qilmasdan elimiz dasturxonlariga hamda jahon bozorlariga sifatli yetkazib berish, bu yo‘nalishlarda uchrayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish barchamizning burchimizdir.
Men “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori sifatida yuqoridagi masalalarni xal etish va shu orqali milliy maxsulotlarga bo‘lgan talabni oshirish hamda Agentlik imijini tiklashni asosiy vazifam deb bilaman va bu borada Sizlar bilan yo‘lga qo‘yilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqotni yangi ko‘rinishda davom ettirish zarur deb bilaman.
“O‘zstandart” agentligi faoliyatidagi muammolar, hal etilmagan ishlar, byurokratik to‘siqlarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, shuningdek, mazkur yo‘nalishni rivojlantirish, takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa, biz bilan ochiq muloqotga kirishing.
Bugungi kunda muvofiqlikni baholash tizimini isloh qilish va ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga keng kiritish borasida ishlar olib borilmoqda. Shu bois har bir taklif va fikirlaringiz biz uchun juda muhimdir.
Buning uchun, hozirda Agentlikning https://www.standart.uz/cyrl Facebook tarmog‘ida rasmiy sahifasi, shuningdek “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati sahifasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, (78) 150-23-00 ishonch telefoni, va Sizlarga qulay bo‘lishi uchun Savol-javob (Telegram) kanali ishga tushirildi.
Har bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi.
O‘ylaymizki, hamjihatlikda amalga oshiradigan ishlarimiz o‘zining ijobiy samarasini beradi.