Xalqaro akkreditatsiya forumi Bosh asambleyasining 2016-15 IAF Rezolyutsiyasiga muvofiq, OHSAS 18001:2007 o‘rniga ISO 45001:2018 xalqaro standarti ishlab chiqarilganligini inobatga olib, Agentlikning tegishli qarori bilan amaldagi O’z DSt OHSAS 18001:2011 “Kasbiy xavsizlik va sog‘liqni saqlashni boshqarish tizimlari talablar” davlat standarti O‘zbekiston Respublikasida amal qilish muddati 2021 yil 31 yanvar etib belgilandi.
Auditlovchi va sertifikatlashtiruchi organlar o‘z faoliyatlarini davom ettirish uchun, qayta sertifikatlash ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq.