“O‘zstandart” agentligi rahbariyati yurtimizdagi xususiy sertifikatlashtirish idorasi mas’ullari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

 
Uchrashuvda mahsulot va xizmatlarning muvofiqligini baholashda ishtirok etadigan sertifikatlashtirish idorasi mas’ullari bilan soha rivojiga to‘siq bo‘layotgan muammolarga e’tibor qaratib, tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilarga mahsulot sinovlarida shaffoflikni ta’minlash va mazkur yo‘nalishlarda ularga yaqindan ko‘maklashishning bugungi holati tahliliy baholandi.
Jumladan, Sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi yangi qonunini ishlab chiqish, mahsulot sinovlarini takomillashtirish, va sertifikatlashdagi ayrim byurokratik to‘siqlarga barham berish lozimligi aytib o‘tildi.
Shuningdek uchrashuvda hududlarda yengil sanoat, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sinash laboratoriyalarini modernizatsiyalash ko‘zda tutilganligi ta’kidlandi.
“O‘zstandart” agentligi sertifikatlashtirish idoralari bilan ishlashga tayyor ekanligi va ular tomonidan bo‘layotgan tashabbuslarni qo‘llab quvvatlashda doimiy hamkor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv davomida har ikki tomon mas’ullari o‘zlarini qiziqtirgan taklif va tafvsiyalarini bildirib, uning ijobiy yechim topishiga umid bildirdilar.