“Oʻzstandart” agentligi masʼullari hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarish korxonalarida boʻlib, ularga standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash sohalarida amaliy yordam koʻrsatmoqdalar.

Xususan, Surxondaryo viloyatida sanoatni jadal rivojlantirish, ilm-fan va innovatsiyalarni qamrab olgan “sanoat klasterlari” faoliyatini tashkil qilish hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish,eksportvainvestitsiyalarnirivojlantirishvazifalari ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator korxonalarida boʻlib, ularga zarur yordam berilmoqda.