Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining tegishli qarorlari bilan neft-gaz sanoati, axborot-texnologiyalari, kimyo va elektrotexnika kabi sanoat sohalarida xalqaro talablarni hisobga olgan ishlab chiqilgan va 2021-yil 1-martdan qoʻllaniladigan davlatlararo standartlar qabul qilindi.

Ushbu standartlarni qoʻllanilishi aholini sifatli va xavfsiz mahsulotlar bilan taʼminlashda, sinovlarni xalqaro usullar boʻyicha oʻtkazishga koʻmaklashadi.

Standartlar roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

Standartlarni xarid qilish masalalari boʻyicha Standartlar institutiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilishingiz mumkin: 100059, Toshkent sh, Choʻpon ota koʻchasi 9 “V”, tel.: (71) 253-85-67.