“Oʻzstandart” agentligi tizimida joriy yilning oʻtgan davri va yil yakuniga qadar amalga oshirish zarur boʻlgan vazifalar, kutilayotgan asosiy natijalar quyidagilardan iborat;

STANDARTLASHTIRISH SOHASIDA:

Joriy yilning 9 oyida xalqaro talablar bilan uygʻunlashgan 4697 ta standart qabul qilinib, standartlarning soni 7425 tadan 12122 ta ga yetkazildi (43%) va yil yakuniga qadar qoʻshimcha 1757 ta qabul qilinadi (50%).

2019-2020-yillarda Xalqaro standartlashtirish tashkilotidan – 3032 ta, Yevropa standartlashtirish tashkilotidan – 251 ta, Xalqaro elektrotexnika tashkilotidan – 380 taAQSH ASTM (53 ta), Xitoy SAC (58 ta), Rossiya (769 ta), standartlari olindi.

Bugungi kunda standartlashtirish boʻyicha 135 ta xalqaro texnik qoʻmitalarga (ISO 23 taMGS 91 taSMIIC 11 taMEK 10 ta) aʼzo boʻlindi.

Sanoat korxonalarida xalqaro sifat tizimlari: oziq-ovqat (ISO 22000 (HACCP)) 281 ta, ekologiya (ISO 14001112 ta, mehnat xavfsizligi (OHSAS 18001 (ISO 45001)) 159 ta, energiya tejash (ISO 5000189 ta joriy etildi.

COVID-19 pandemiyasi davrida tibbiyot niqoblari, himoya kiyimlari, sunʼiy nafas olish apparatlari, antiseptik va dezinfeksiya vositalariga taalluqli 11 ta xalqaro standartlar qabul qilinib, tadbirkorlik subyektlariga taqdim etildi.

TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH SOHASIDA:

2020-yil rejaga asosan jami 48 ta texnik reglamentlar ishlab chiqilib, amaliyotga kiritilgan (sohalar kesimida oziq-ovqat sanoati – 13 ta, sanoat va metallurgiya – 9 ta, mashinasozlik – 5 ta, neft va kimyo – 4 ta, yengil sanoat – 4 ta, telekommunikatsiya – 3 ta, qurilish materiallari – 2 ta, taʼlim yoʻnalishida – 2 ta, bolalar oʻyinchoqlari, ekologiya, poligrafiya, veterinariya, tibbiyot va elektrotexnika – 6 ta).

Yil yakuniga qadar mineral oʻgʻitlar, konserva mahsulotlari, qandolat, poliz mahsulotlari, quritilgan mevalar uchun texnik reglamentlar qabul qilinib, ushbu koʻrsatkich 53 taga yetkaziladi.

2021-yil yakuniga qadar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII)dagi mavjud 46 ta texnik reglamentlar uygʻunlashtirilib, respublikada amaliyotga kiritilib, umumiy texnik reglamentlarning soni 60 tadan oshadi.

Erishiladigan natija:

Jahon Savdo Tashkiloti (WTO) ning Savdodagi Texnik Toʻsiqlar (TBT) toʻgʻrisidagi kelishuv talablari bajariladi.

Mahalliy maxsulotlarni eksport qilinishida raqobatbardoshligi ortadi.

Texnik reglamentlar qabul qilinishi natijasida 6 mingga yaqin majburiy standartlar ixtiyoriy tusga oʻtkaziladi.

Bugungi kunda qabul qilingan 48 ta texnik reglamentlar, import qilinadigan 68 turdagi tovarlarning (29 turini50 %) qamrab olgan boʻlsa, rejadagi 2020-2021-yillarda qoʻshimcha qabul qilinadigan 34 ta texnik reglamentlar (24 turiga) bilan qamrab olish ulushi 70 % ga yetadi.

AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH:

Sertifikatlashtirish axborot tizimi (portal.standart.uz) Davlat bojxona qoʻmitasining “Yagona darcha” BAT bilan integratsiya qilinib, tizim orqali jami 89,4 mingta elektron arizalar qabul qilindi.

Shundan 78,5 mingtasi muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan.

2020-yilning may oyidan sertifikatlar QR-kod bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda rasmiylashtirish joriy qilindi.

  • Natijada, tizim joriy qilingunga qadar tadbirkorlar tomonidan sertifikatlashtirish organlariga 2-3 marotaba borishi talab etilardi va sertifikatlarni rasmiylashtirish uchun 60 kungacha vaqt sarf qilinardi. Hozir 3 kun muddatda amalga oshirilmoqda.
  • Yuridik va jismoniy shaxslarning maishiy hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha axborot tizimi (metrologiya.nim.uz) orqali elektron murojaat qabul qilinib, 163,5 mingta qiyoslash sertifikatlari rasmiylashtirildi.
  • Bunda fuqorolar tomonidan 5 ta idoralarga (energiya taʼminotga ikki marotaba, MIB, taʼmirlash korxonasi, qiyoslash laboratoriyasi) qatnovi bekor qilinib, bir marta Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish yoʻlga qoʻyildi.
  • Natijada respublika boʻyicha elektron murojaatlar ijrosi oʻrtacha 3-15 kunda taʼminlanmoqda (oldingi davrda ushbu muddat 40-45 kunni tashkil qilgan hamda xarajatlari turli xil boʻlgan).
  • Davlat standartlar fondi (my.standart.uz) orqali jami 17 mingdan ortiq standartlardan bepul foydalanish imkoniyati yaratilgan.
  • Natijada tizim orqali jami 5,8 ming ta standart 20,4 ming marotaba yuklab olinib, tadbirkorlik subyektlarining oʻrtacha 1,4 mlrd.soʻm mablagʻlari tejalgan.
  • Shu bilan birga, standartlarni tarjima qilish elektron dasturi ishga tushirildi, natijada 3 oy ichida 2079 ta standart tarjima qilindi va 30 mln.soʻm mablagʻ sarf qilindi, elektron tizim joriy qilingunga qadar 1706 ta standartni tarjima qilishga 3 yil vaqt va 2 mlrd soʻm mablagʻ sarf qilingan.

Sifatsiz mahsulotlar portali (dalil.standart.uz) ishga tushirilib, sertifikatlashtirishda va bozorda aniqlangan sifatsiz va xavfli mahsulotlar toʻgʻrisida axborotlar joylashtirib borilmoqda. Hozirda ushbu portalda 13 ta sifatsiz mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar joylashtirilgan.

Bugungi kunda “Oʻzstandart” agentligi tomonidan quyidagi ishlar olib borilmoqda:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi PQ-4812-son Qaroriga muvofiq, 2020-yil oktyabr oyida Yevropa Ittifoqining xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish (RAPEX) axborot tizimi ishlab chiqilmoqda.

Natijada xorijiy mamlakatlarda xavfli mahsulotlar haqida tezkor xabar berish axborot tizimiga kiritilgan mahsulotlarni respublika hududiga kirib kelishining qisqarishiga erishiladi.

ISHLAB CHIQARISH VA TADBIRKORLAR BILAN MANZILLI ISHLASH:

“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departament tomonidan 3043 ta korxonada profilaktika tadbirlari oʻtkazildi (pandemiya davrida 1824 ta). Natijada tadbirkorlik subyektlari 7336 ta zaruriy standartlar bilan taʼminlandi. 738 ta korxona va tadbirkorlarning 2696 ta oʻlchov vositalari qiyoslandi.

Sanoat korxonalariga, jumladan yengil sanoatda 490 ta, qurilish – 324 ta, oziq-ovqat – 794 ta, qishloq xoʻjaligi – 278 ta, elektrotexnika – 51 ta korxonabay soha yuzasidan koʻmak koʻrsatildi.

Shahar va tumanlarda faoliyat koʻrsatayotgan 2849 ta eksportyor korxonalar 88 ta xalqaro standartlar bilan taʼminlandi va 226 ta sohada mavjud muammolar hal etildi. 13 ta korxonaga Global G.A.P va 21 ta korxonaga Oeko-TEX halqaro sertifikatlar olishda koʻmak koʻrsatildi.

Viloyatlardagi bozorlarda sotilayotgan 366 ta sifatsiz mahsulotlar aniqlanib, 180 ta korxonaga tushuntirishlar berildi va bartaraf etildi.

METROLOGIYA SOHASIDA:

2019-yil mobaynida oʻlchash vositalarini kalibrlash 1 ta kalibrlash laboratoriyasi akrreditatsiya qilindi, kalibrlash ishlari qiyoslash ishlariga nisbati 0,1 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, 516 ta laboratoriyalarda kalibrlash ehtiyoji oʻrganildi (oziq-ovqat -109 ta; mashinasozlik va qurilish - 299 ta; kimyo, tibbiyot-59 ta; elektrotexnika -49 ta).

Ilmiy texnik loyihalar

2020-yil mobaynida Innovatsion rivojlanish va innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobiga davlat granti asosida qiymati 1 mlrd.soʻm boʻlgan 3 ta ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda.

Xalqaro atom energetikasi agentligi yordamida amalga oshirilayotgan qiymati 617,3 ming doll. boʻlgan “Ionlashtiruvchi va rentgen nurlanish sohasidagi ikkilamchi etalonlar maxsus dozimetrik laboratoriyasi”ni yaratish boʻyicha texnik-koʻmak loyihalari doirasida maxsus laboratoriya xonasi radiatsion xavfsizlik va sanitar norma talablari asosida tashkil qilinib, 5 nafar xodim xorijiy metrologiya institutlarida malakasini oshirdi.

Germaniyaning JENOPTIK Robot GmbH kompaniyasi bilan hamkorlikda qiymati 93 ming yevro boʻlgan “Avtotransport vositalarini harakat tezligini oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” loyihasini amalga oshirish jarayonida 6 ta laboratoriya uskunalari keltirildi va 2 nafar xodimning xorijda (Kyoln, GFR) malakasi oshirildi.

Bundan tashqari, 2021-yilda taxminiy qiymati 2,8 mlrd.soʻm boʻlgan jami ta ilmiy loyihalarni tayyorlash (jumladan, ekologiya - 2 ta, energetika - 1 ta, oziq-ovqat - 3 ta, sogʻliqni saqlash -1 tarejalashtirilgan.

Xalqaro hamkorlik

2020-yil mobaynida Mintaqaviy metrologiya tashkiloti (KOOMET) doirasida 12 ta solishtirish ishtirok etildi.

Massa, bosim va harorat laboratoriyalari xalqaro darajada akkreditatsiyadan oʻtkazilmoqda. 3 ta ilmiy va 2 ta injener-konstruktorlik loyihalar amalga oshirilmoqda.

2021-yil rejaga asosan Oʻlchash natijalarini xalqaro darajada tan olinishiga erishiladi, bundan tashqari Xalqaro UTC shkalasi bilan sinxronlashgan “Aniq vaqt davlat xizmati” joriy etish boʻyicha ishlar boshlash rejalashtirilgan.

Xorijiy davlatlar metrologiya institutlari olib chiqiladigan oʻlchash vositalari toʻgʻrisida yillar kesmida maʼlumot

2019-yilga qadar kalibrlash ishlari yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli (ta laboratoriya kalibrlash xizmatlariga akkreditatsiyalangan), sanoatda qoʻllaniladigan 1 843 dona oʻlchash vositalari xorijiy metrologik tashkilotlarga kalibrlashga olib chiqilgan (yiliga transport xarajatlarini inobatga olgan holda 1,5 mln.doll.).

2020-yilda milliy etalonlar bazasi 21 taga yetkazilishi bilan 27 ta xalqaro metodlar joriy qilindi va 9 ta laboratoriyalar ISO/IEC 17025 standartiga muvofiq akkreditatsiya qilindi. Natijada yiliga 400 ming dollar iqtisod qilinishi (1 257 dona OʻVlar – 1,1 mln.dollar) va kalibrlash ishlari kiyoslash ishlariga nisbati 17 foizga yetkazilishiga erishiladi.

Shuningdek, 2021-yilda etalonlar bazasini 24 taga yetkazilishi hamda 16 ta hududiy filiallarda kalibrlash xizmatini joriy qilish orqali yiliga 700 ming dollar iqtisod qilinishi (382 dona OʻVlar – 0,4 mln. dollarva kalibrlash ishlari kiyoslash ishlariga nisbati 37 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Matbuot xizmati

98 363-19-17

99 729-44-62