“Oʻzstandart” agentligi va Yevropa Elektrotexnika Standartlashtirish Qoʻmitasi (CENELEC) oʻrtasida litsenziya kelishuviga asosan, Yevropa Elektrotexnika Standartlashtirish Qoʻmitasi (CENELEC)dan 100ta Yevropa standartlari olindi.

Ushbu Yevropa standartlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga mahsulotlarni yevropa standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish
va ularni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirishda xizmat qiladi.

Yevropa standartlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot olish uchun “Oʻzstandart” agentligi, Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga +998 71 202 00 11 (ichki 1027) yoki Agentlik huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti» davlat muassasasi (Standartlar instituti)ga +998 71 253 85 67 (ichki 1027)murojaat qilishingiz mumkin.

“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi