Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi koʻmagida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va Xalqaro savdo markazi (ITC) tomonidan amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishiga koʻmaklashish” loyihasi doirasida joriy yilning 05-09-iyul kunlari muvofiqlikni baholash xodimlari uchun integratsiyalashgan menejment tizimida audit oʻtkazish boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi.

60 dan ortiq davlat va xususiy sektorda faoliyat koʻrsatayotgan muvofiqlikni baholash xodimlari ishtirok etgan oʻquv seminarda xalqaro ekspert Aleks Yezraxovich tomonidan integratsiyalashgan menejment tizimida audit oʻtkazish boʻyicha bilim va koʻnikmalar berildi.
Shu bilan birga, integratsiyalashgan menejment tizimida xalqaro tajriba boʻyicha fikr almashildi. Oʻquv seminari davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan mavjud muammo va takliflar oʻrganildi.

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi