Saudiya standartlari, metrologiya va sifat tashkiloti (SASO) bilan imzolangan Texnik Hamkorlik Dasturi ijrosi yuzasidan onlayn muloqot boʻlib oʻtdi.

Unda Saudiya Arabistonida import mahsulotlarga qoʻyilgan talablar, xususan toʻqimachilik mahsulotlariga qoʻllaniladigan notarif usullar, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida tajriba almashish, konsultatsiya va oʻquv kurslarini oʻtkazish muhokama qilindi.

Soha yoʻnalishdagi halqaro tashkilotlar doirasidagi oʻzaro aloqalarni chuqurlashtirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida Texnik Hamkorlik Dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Harakat dasturini ishlab chiqishga, Saudiyalik ekspertlar tomonidan standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya va muvofilikni baholash sohalarida onlayn va oflayn seminarlarni tashkil etishga kelishib olindi.

 
Xalqaro munosabatlar boshqarmasi