Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialida Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat va maʼrifat uyushmasi aʼzolari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan maʼrifiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasida Maʼrifat va maʼnaviyat uyushmasi jamiyati a′zosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq shoiri Sh.Ayapov, Ajiniyaz nomidagi Nukus pedagogika instituti Qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi dotsenti filologiya fanlari doktori Q.Mambetovlar ishtirok etib mavzuga oid oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

Ajiniyaz nomidagi Nukus pedagogika instituti Qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi dotsenti filologiya fanlari doktori Q.Mambetov soʻz olib, yigʻilganlarga Oʻzbekiston Respublikasi oʻz Mustaqilligining 30 yili davomida erishgan yutuqlarimiz va hozirgi kunda muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasining rivojlantirish strategiyasi yoʻlida olib borayotgan ezgu ishlari toʻgʻrisida soʻzlab berdi.

Filial mutaxassislari uchrashuvda oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.