Uchrashuvda taʼkidlanganidek, Agentlik va tizim tashkilotlarida davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida ekspert guruhi tashkil etilgani taʼkidlandi.

Ekspert guruhi Agentlik tizimida barcha turdagi hujjatlarniig davlat tilida yuritilishini oʻrganish, maʼnaviyat va maʼrifat xonalari tashkil etilganligi, maʼnaviyat va maʼrifat soatlari, xotin-qizlar bilan tizimli ishlashning yoʻlga qoʻyilganligini tahlil etish, xodimlarning kasb etikasi, muomala madaniyatiga rioya etilishiga, ustoz-shogird tizimi asosida ishni tashkil etilganligiga eʼtibor karatish vazifalari bilan shugʻullanishi maʼlumot sifatida aytildi.

Shuningdek, tizimda yaratilgan dasturiy taʼminotlarni yagona sertifikatlash va standartlashtirish xizmatini joriy etishda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ishlash, 2020–2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasidan foydalangan holda malaka oshirish tizimida davlat tilida ish yuritishga oid oʻquv-uslubiy darslarni tashkil etish, Xalqaro standartlarning qabul qilinishi jarayonida ularning davlat tiliga sifatli tarjima qilish ishlarini chuqurlashtirish vazifalari belgilab olingani, standartlashtirish sohasidagi huquqiy-meʼyoriy hujjatlarni xalqaro standartlar bilan yangilalash toʻliq yakunlanishi belgilab qoʻyilganYaʼni standartlashtirish sohasidagi huquqiy-meʼyoriy hujjatlarni xalqaro standartlar bilan yangilash, standartlarni davlat tiliga tarjima qilish ishlarini jadallashtirish va 2022-yil 31-dekabrigacha qadar yakunlash belgilab qoʻyilgani maʼlum qilindi.

 Metrologiya sohasida aholiga maishiy hisoblagichlarni davriy qiyoslashdan oʻtkazishda yangi tizim ishga tushirildi. Takomillashtirilgan standartlashtirish yoʻnalishi boʻyicha standart.uz axborot tizimi ishga tushirilib, standartlardan qogʻoz shaklidan elektron shaklda foydalanish tizimi joriy qilinib, 24066 ta standartlardan, shu jumladan davlat tilidagi standartlardan ham bepul interaktiv ravishda foydalanish yoʻlga qoʻyildi.

  • 2021-yilning 6 oyi davomida Agentlik tizimidagi “UzTest” DUK tomonidan  9276 ta muvofiqlik sertifikatlari, sinov laboratoriyalari tomonidan  29251 ta sinov bayonnomalari hamda ish yuritishdagi barcha hujjatlarning davlat tilida rasmiylashtirilishiga erishildi;
  • joriy yilning oʻtgan davrida 297 043 dona oʻlchash vositalari metrologik tekshiruvdan oʻtkazilib, davlat tilida xulosa berildi.
  • yuridik va jismoniy shaxslarning 114 248 ta murojaatlariga asosan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) qiyoslash ishlari amalga oshirilib, davlat tilida hisoblagichlar sertifikati berildi

- oʻlchash vositalarining metrologik tekshiruvi natijalari va tasdiqlangan turini tan olish boʻyicha 66 dona sertifikatlar davlat tilida rasmiylashtirildi.

- shuningdek, turini tasdiqlash maqsadida 15 turdagi oʻlchash vositalari davlat sinovlaridan oʻtkazildi. Akkreditatsiya markazi tomonidan faoliyat yuritayotgan jami 598 ta muvofiqlikni baholash organlarining akkreditatsiya guvohnomalari toʻliq davlat tilida rasmiylashtirildi;

- Departament tomonidan 236 ta buyruqlar, 21 ta davlat nazorati hujjatlari toʻliq davlat tilida rasmiylashtirildi;

- Standartlar instituti tomonidan 14 ta davlat standarti ishlab chiqildi, 756 ta xalqaro standartlar davlat tiliga tarjima qilindi, shuningdek, barcha hujjatlar davlat tilida rasmiylashtirildi.

- Agentlik tizim tashkilotlari va ularning hududiy filiallari laboratoriyalarida mavjud asbob-uskunalarning har biriga ushbu uskunaning qisqacha annotatsiyalari ham davlat tilida lotin alifbosida yozib osib qoʻyildi.

Muvofiqlikni baholash sohasida xizmatlarni toʻliq avtomatlashtirishni nazarda tutuvchi kompleks axborot tizimini amaliyotga joriy qilish ishlari olib borilishi natijasida barcha sertifikat, guvohnoma va bayonnomalar davlat tilida lotin alifbosida taqdim etiladi.

- Agentlik va Milliy metrologiya instituti rasmiy veb-saytlarida “Atamalar izohli lugʻati” degan blok ochilib, muntazam ravishda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasi atamalarini berib borish yoʻlga qoʻyildi.

 Jurnalistlar mazkur maʼlumotlar yuzasidan oʻzlarining savollariga javob oldilar.