Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Standartlar instituti va “UzTest” markazi masʼullari Turkiya davlatida muzokaralar olib bormoqda.

Ikki davlat oʻrtasidagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasidagi xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash, xodimlar malakasini oshirish, oʻzaro tajriba almashish borasidagi muzokaralar “Turk AK" akkreditatsiya idorasi va Turk standartlar institutida tashkil etildi.

Rasmiy tashrif davomida mazkur tashkilotlarning xalqaro aloqalar boʻyicha ish yuritishi va faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Hozirda hamkorlik masalalarini yanada oshirish borasida ikki davlat vakillari oʻrtasida muhokamalar davom etmoqda.