Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekistondagi Amerika savdo palatasi xamkorligi va Mars Wrigley, Nestle, Coca Cola kompaniyalari vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda oziq-ovqat mahsulotiga uni tamgʻalash yuzasidan qoʻyiladigan talablar, milliy va xalqaro standartlarni joriy etish va qoʻllash, xalqaro tajriba boʻyicha fikr almashildi.

Tadbir yakuniga koʻra, mazkur  yoʻnalishlarda ikkitomonlama koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni  faollashtirishga kelishildi.

Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi