Agentlik tizimidagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamda “Uztest” markazi Chirchiq filiali mutaxassislari tomonidan Chirchiq shahrida joylashgan eksportyor korxonalarida profilaktika tadbirlari oʻtkazilib, joylarda ishlab chiqarish jarayonlari va mavjud muammolar oʻrganilmoqdi. Tadbir davomida korxona vakillariga yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda texnik reglament, standartlashtirish, metrologiya talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish zarurligi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida mahsulotlarni qadoqlanishi, yorliqlanishida yozuvlarni toʻliq davlat tilida boʻlishi lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berib borilmoqda.