Agentlik tizimidagi Davlat nazorati departamenti, “Uz Test” Fargʻona viloyati filiali mutaxassislari tomonidan investitsiya va tashqi savdo vazirligi, viloyat boshqarmasi hamkorligida ofis loyihasi oʻquv xonasida sanoat kooperatsiyasini rivojlanish va ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida 19 ta shahar va tumanlar hokimlarining investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boʻyicha hokim oʻrinbosarlari, viloyatdagi eksportyor korxona rahbarlari uchun oʻquv seminari oʻtkazildi.

Unda mahsulot sifatini oshirish, raqobatbardoshligini taʼminlashda xalqaro standart va meʼyorlarining ahamiyati va jahon bozorlari talablari yuzasidan maʼlumot berildi.