Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida intellektual mulkni himoya qilish boʻyicha joriy etilayotgan yangi mexanizmlarni masʼul davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga oʻrgatish boʻyicha Xorazm viloyatida navbatdagi oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuvlarda Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, shuningdek, agentlikning tizim tashkilotlari hududiy boʻlinmalarining masʼul mutaxassislari ishtirok etmoqdalar.