Maʼlumki, Mamlakatimizda 30-iyun — Yoshlar kuni sifatida nishonlab kelinadi. Mazkur sana arafasida koʻplab tadbirlar, sport musobaqalari, tanlovlar, uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Davlat nazorati departamentida yoshlar bilan uchrashuvda  maʼnaviy-maʼrifiy masalalar bilan birga Yoshlar kunini munosib nishonlash boʻyicha qilinadigan ishlar muhokama qilindi.

Uchrashuvda Departament va uning hududiy filiallarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish yoʻlida oʻtkazilayotgan tadbirlar, yoshlarning maʼnaviy barkamolligini taʼminlashda kitobxonlik tadbirlar alohida oʻrin tutadi. Shuningdek, yosh xodimlar tomonidan “Zakovat” intellektual oʻyinini oʻtkazish va unda Agentlikning boshqa tizim-tashkilotlari ham faol ishtirok etishlari yuzasidan taklif bildirildi.

Yoshlar kunini nishonlash boʻyicha esa “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida Departament va uning hududiy filiallarida festival oʻtkazishlari va uning dasturlari haqida maʼlumot berildi, tashkiliy masalalar muhokama qilindi.