Agentlikning Qashqadaryo viloyati hududiy filiallari hamkorligida tashkil etilgan maʼrifiy uchrashuvda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarda hamyurtlarimizning faol ishtiroklari va 27-iyun “Matbuot va ommaviy axborot vositalari” kuni munosabati bilan amalga oshirilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritildi.

Ushbu maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbatida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, kafedra dotsenti, xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati deputati S.Murtazova “Konstitutsiyaviy islohotlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini munosib kafolati” hamda “Matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasidagi oʻzgarishlar va uning huquqiy asoslari” mavzularida maʼlumotlar berildi.