Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev texnik jihatdan tartibga solish agentligida boʻlib, zamonaviy laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosari mamlakatimizda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlar, uni iqtisodiy taraqqiyotimizni taʼminlashdagi oʻrni, tarmoqlarda xalqaro standartlarni joriy etish orqali sifatga erishish muhimligi, davlat nazoratini takomillashtirish, yurtimizga chetdan olib kirilayotgan import mahsulotlari uchun talablarini qayta koʻrib chiqish lozimligini taʼkidladi.

Bundan tashqari, milliy mahsulotlarimiz sifatini oshirish, tadbirkorlar va sanoat korxonalari bilan tizimli ishlashda yangicha yondashuv va yangicha tizimni yaratish zarurligi yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdi.