Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuniga bagʻishlangan 2022-yil 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” doirasida turkum tadbirlar tashkil etilmoqda. Bunda, ayniqsa, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish alohida oʻrin tutadi. Shu nuqtayi nazardan, Agentlik xodimlari Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati”da ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnat Kodeksi”ga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida maʼlumot ega boʻldilar. 2023-yil apreldan kuchga kiradigan oʻzgartirishlarga ga koʻra, xodimlar uchun berilgan kafolatlar, ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi munosabatlardagi yangiliklardan, homilador ayollarga beriladigan imtiyozlar bilan ham tanishdilar.