Qashqadaryo viloyatining barcha shahar va tuman markazlarida davlat soliq inspeksiyalari hamda hududiy sud ijro bo‘limlari hamkorligida soliq qarzdorligi hisobiga musodara qilingan mol-mulklar savdo yarmarkasi tashkil etildi.

Unda jami 23 turdagi mol-mulk, jumladan, televizor, muzlatkich, kompyuter, uyali aloqa va avtotransport vositalari, konditsioner, uy-ro‘zg‘or buyumlari, ayollar, erkaklar kiyimlari, boshqa maishiy jihozlar arzonlashtirilgan narxlarda savdoga qo‘yildi.

Yarmarkalardan tushgan mablag‘ soliq qarzdorligini qoplash uchun yo‘naltiriladi.