“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi qoshida «RESPUBLIKA MENEJMENT» menedjment tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi tashkil etildi. Ushbu idora “O‘zstandart” agentligi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida 2017 yil 20 fevraldagi № UZ. AMT.05.MAI.043-sonli akkreditatsiya guvoxnomasi bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

«RESPUBLIKA MENEJMENT» menedjment tizimlarini sertifikatlashtirish idorasining xalqaro tashkilotlarda amaliyot o‘tagan yetakchi ekspert-auditorlari tomonidan murojaatchilar uchun quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:

•       SMT ISO 9001 bo‘yicha hujjatlar ekspertizasi;

•       Sertifikatlash yuzasidan auditlar o‘tkazish;

•       Xalqaro ISO 9001 standarti bo‘yicha sertifikatlash va inspeksion nazorat ishlarini olib borish;

•       SMT O’z DSt (ISO) 9001:2015 bo‘yicha sertifikat rasmiylashtirish.

Mazkur idora faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi natijasida korxona tomonidaan ko‘rsatiladigan xizmatlar turi kengayib, murojaatchi tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaraladi.

Hozirgi kunda «RESPUBLIKA MENEJMENT» menedjment tizimlarini sertifikatlashtirish idorasining akkreditatsiya doirasini O’z DSt ISO/IEC 14001:2009 va O’z DSt ISO/IEC 22000:2009 standartlariga muvofiq kengaytirish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Tel.: +998 71 150-19-15;
Mob.: +998 90 371-01-92, +998 93 575-21-23;
Faks: +998 71 150-63-74.