2017 yilning 14 iyun kuni «O‘zstandart» agentligi Bosh direktori A. Xaitov Turk akkreditatsiya agentligi vakillari bilan uchrashdi. 
Mazkur uchrashuvda TurkAK bosh direktori o‘rinbosari Kayxan Jabio‘g‘luva TurkAK o‘qishlar bo‘yicha menejeri Erdinch Malhatun ishtirok etdilar.
Do‘stona ruhda boshlangan yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. Xaitov so‘nggi yillarda Turk akkreditatsiya agentligi bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik natijasida ko‘pgina istiqbolli loyihalar amalga oshirib kelinayotganiga e’tibor qaratdi. E’tiborli tomoni shundaki, xalqaro hamkorlik natijasida xodimlarning malakasini oshirishga xizmat qilayotgan o‘quv kurslarining tashkil etilayotgani o‘z natijalarini berayotgani ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek uchrashuvda «O‘zbekakkreditatsiya» davlat korxonasi va milliy tizim ekspert-auditorlari hamda hodimlari uchun hamkorlikda halqaro tajribada qo‘llanilayotgan ISO/IEC 17020, ISO/IEC 17021, ISO/IEC 17024, ISO/IEC 17025, ISO/IEC 17065 standartlari bo‘yicha seminarlar va o‘quv kurslarinitashkil etish;
- halqaro tajribani o‘rganish maqsadida akkreditatsiya masalalari bo‘yicha hodimlarning malakasini oshirishda amaliyotchi sifatida TurkAK tomonidan o‘tkaziladigan baholash auditlariga jalb etish;
- xujjatlar ekspertizasi va baholash auditlarini o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar almashish;
-Turk akkreditatsiya agentligi va «O‘zbekakkreditatsiya» davlat korxonasi o‘rtasida o‘zaro bitimni imzolash to‘g‘risida kelishib olindi.
Shuningdek,«O‘zbekakkreditatsiya» davlat korxonasi IAF va ILAC halqaro tashkilotlariga a’zo bo‘lishi yuzasidan oldinga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishda Turk akkreditatsiya agentligi tomonidan akkreditatsiya masalalari bo‘yicha zaruriy ma’lumotlarni almashish va o‘zaro hamkorlikda ish olib borish to‘g‘risida fikrlar almashildi.