Iste’molchilar diqqatiga
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 5 avgustdagi 373-sonli” “O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq suv, gaz va elektr hisoblagichlarini qiyoslash vazifalari “O‘zstandart” agentligiga, uning hududiy markazlariga hamda “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” Davlat korxonasiga yuklatilgan.
Yangi uslub bilan Elektr hisoblagichlarni qiyoslash
“O‘zstandart” agentligi tomonidan “O‘zdavenergonazorat” DI bilan birgalikda “Maishiy iste’molchilarning elektrenergiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdano‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlanib, mos ravishda 2736 sonlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olindi.
Isssiq va sovuq suv hisoblagichlarni qiyoslash lozimmi?
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralarda (qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan) foydalaniladigan, ishlab chiqarilishi va import bo‘yicha chetdan olib kelinishi lozim bo‘lgan o‘lchov vositalari davlat sinovlaridan (keyinchalik ularning turini tasdiqlash sharti bilan) yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi belgilangan.
Yangi turdagi suv hisoblagichlari Davlat reyestriga kiritildi
“O‘zstandart” agentligi “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” Davlat korxonasida ushbu hisoblagichlarni iqlimiy, vibratsion, portlash xavfsizligi va metrologik xossalarini aniqlash maqsadida davlat sinovlari o‘tkazildi va ijobiy natijalar olindi.
Tizimli islohotlar inson manfaatlariga xizmat qilmoqda
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi.
Aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratildi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2015 yil 1 dekabrda davlat ruyxatidan o‘tkazilgan 2736-sonli “Maishiy iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomini tasdiqlash haqida”gi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi va “O‘zstandart” agentligining qarori talablariga mos elektr hisoblagichlarni davlat qiyoslashidan o‘tkazish shaxobchasi ochildi.
Gaz hisoblagichlarning turlari
Gazni hisobga olish priborlarining har xil turlari mavjud, ular kommunal, sanoat va maishiy turlariga, hamda gaz sarfi bo‘yicha sinflarga ajratilmoqda. Ularni hamda ishlash prinsipi bo‘yicha rotorli, turbinali, girdob turlariga ajratilmoqda.
Qiziltepa tumani aholisi uchun yana bir qulaylik
“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani aholisining talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda, Navoiy shahridan qariyb 50 km. uzoqlikda joylashgan Qiziltepa tumani markazida Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazining yangi metrologik xizmat ko‘rsatish bo‘linmasi tashkil etildi.
Qashqadaryoda Sayyor qabul
“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. Haitov navbatdagi sayyor qabulni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o‘tkazdi.