Vazirlik, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tadbirkorlik sub’ektlari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida” gi qonuniga 2013 yil 30 aprelda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo‘llanilishi belgilangan:
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari;
Tashkilotning standartlari;
Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Matbuot anjumani. Yutuq va istikboldagi vazifalar.
2016 yil 25 fevral kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida «O‘zstandart» agentligi tizimida «Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonunining ijrosi va Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Hashar elga yarashar
Ma’lumki Respublikamizda 12-13 mart kunlari umumxalq hashari deb e’lon qilindi. Barcha joylarda bo‘lgani kabi “O‘zstandart” agentligi jamosining tashabbusi bilan 12 mart kuni xayriya hashari o‘tkazildi.
Xalqaro akkreditatsiya sertifikatining taqdimoti
2016 yilning 10-mart kuni "O'zstandart" agentligi bosh binosining kichik majlislar zalida "Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi" davlat korxonasi qoshidagi Sinov laboratoriyalari kompleksiga Turk akkreditlash agentligi (TurkAK) idorasi tomonidan rasmiylashtirilgan Xalqaro akkreditatsiya sertifikati taqdimoti bo'lib o'tdi.
Aloqa va telekommunikatsiya sohasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash
«Yangi davlat standartlarni ishlab chiqish va amaldagilarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha respublika standartlashtirish rejasi»ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimining, tolali-optik aloqa liniyalarida va axborot uzatishda foydalaniladigan optik diapazon o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyatlarini reglamentlaydigan standartlar ishlab chiqildi.
Quyosh fotoelektrik tizimlari bo‘yicha standartlar amalga kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-sonli “2015-2019 yillarda energiya sig‘imini qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha choralar dasturi to‘g‘risida”gi Qarorini bajarish maqsadida Davlat standartlari ishlab chiqildi va amalga kiritildi.
Davlat standartlari loyihalarini muhokamasi
“Yangi texnologiyalarni tatbiq etish asosida to‘qimachilik korxonalarini texnik va texnologik qayta qurollantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.02.2016 yil PQ-2485-sonli Qarorini ijrosi yuzasidan, “O‘zbekengilsanoat” AJ O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti (O‘zTIITI) tomonidan uchta davlat standartlari loyihalari ishlab chiqildi.
Viloyatlardagi yangiliklar
Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi (“Samarqand SSM” DK ) qoshidagi mashinasozlik mahsulotlarini sinash laboratoriyasini xalqaro darajada akkreditatsiyadan o‘tkazish ishlari nihoyasiga yetmoqda.
Mintaqaviy hamkorlik ilmiy-texnik komissiyalari va Davlatlararo standartlashtirish kengashi ishchi guruhining yig‘ilishi
2016 yil 18-22 aprel kunlarida Baku shahrida, Azarbayjon Respublikasi standartlashtirish, metrologiya va patentlash Davlat qo‘mitasida Akkreditatsiya bo‘yicha ilmiy-texnik qo‘mitasi (NTKA), muvofiqlikni baholash bo‘yicha ilmiy-texnik qo‘mitasi (NTKOS), erkin savdo zonasi texnik to‘siqlar bo‘yicha ishchi guruhi (RG ZST), akkreditatsiya bo‘yicha Mintaqaviy tashkilot tuzish bo‘yicha ishchi guruhi (RG RAO), standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo Kengashining (DSK) yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.