«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Xurmatli foydalanuvchi!

Sizdan diqqat bilan O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O’zstandart” agentligi)ning murojaatlarni qabul qilish va ko’rib chiqish Tartibi bilan tanishib chiqishingiz so’raladi.

O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hamda xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, shuningdek, fuqoroligi bo’lmagan shaxslar “O’zstandart” agentligiga ariza, taklif, shikoyat bilan murojaat qilish xuquqiga ega.

Murojaatlar og’zaki, yozma yoki elektron shaklda: shaxsan taqdim etilishi, pochta orqali yuborilishi, “ishonch telefoni” (150-23-00) orqali, elektron pochta orqali (uzst@standart.uz), “O’zstandart” agentligining rasmiy veb-sayti orqali, O’zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv xizmatlar Davlat portali (Xukumat portali) orqali yuborilishi mumkin.

Shaxsan taqdim etilgan, pochta aloqasi orqali, “ishonch telefoni” orqali, elektron pochta orqali, “O’zstandart” agentligining rasmiy veb-sayti orqali kelib tushgan murojaatlar “O’zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan 2015 yil 24 aprelda tasdiqlangan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash to’g’risidagi Nizomga asosan ko’rib chiqiladi. (PDF shaklda yuklab olish, 310 kb)

O’zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv xizmatlar Davlat portali (Xukumat portali) orqali kelib tushgan murojaatlar, elektron shakldagi murojaatlar sifatida ro’yxatga olinadi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378 sonli qarori bilan tasdiqlangan “O’zbeksiton Respublikasining Yagona interaktiv xizmatlar Davlat portali to’g’risida”gi Nizomida keltirilgan talablarni inobatga olgan holda yuqorida ko’rsatib o’tilgan Nizom asosida ko’rib chiqiladi.

Jismoniy shaxslarning murojaatlarida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi) yashash manzili va murojaatning maqsadi ko’rsatilishi lozim.

Yuridik shaxslarning murojaatlarida yuridik shaxsning to’liq nomlanishi, joylashuv ma’lumotlari (pochta manzili) va murojaatning maqsadi ko’rsatilishi lozim.      

Yozma murojaat murojaatchi jismoniy shaxs bo’lganda uning imzosi yuridik shaxs bo’lganda rahbarning yoki vakolatli shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Agar murojaat etayotgan jismoniy shaxsning yozma murojaatini imzolanganligini biriktirish imkoniyati bo’lmagan taqdirda, murojaat murojaatni tuzgan shaxsning imzosi va qo’shimcha ravishda familiyasi (ismi, otasining ismi) biriktirilishi lozim.

Elektron murojaat, raqamli  elektron imzo va boshqa mavjud bo’lgan hujjatlar bilan tasdiqlangan, identifikatsiyalash imkoniyatiga ega bo’lgan  elektron hujjat shaklida bo’lishi lozim. Elektron murojaat belgilangan qonunchilik talablariga muvofiq bo’lishi lozim.

Ko’rib chiqilmaydigan murojaatlar: yashirin murojaatlar; vakolatlari tasdiqlanmagan tegishli hujjatlari mavjud bo’lmagan jismoniy yoki yuridik shaxslar orqali taqdim etilgan murojaatlar; qonunchilik bilan belgilangan talablarga javob bermaydigan murojaatlar.

O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining rasmiy veb-sayti orqali taqdim etilgan fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqish tartibi:

1. O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi rasmiy veb-sayti fuqarolarni “O’zstandart” agentligiga murojaat etish imkoniyatini ta’minlovchi qo’shimcha vosita xisoblanadi.

2. Murojaatga javob berish ma’lum vaqtdan keyin  “O’zstandart” agentligining rasmiy veb-saytining “Savol va javoblar” sarlavhasida e’lon qilinadi. Murojaatlarni ko’rib chiqish muddati 10 kundan oshmaydi. Agar fuqaroning murojaatini ko’rib chiqish uchun qo’shimcha vaqt talab etilsa, u holda 1 oydan ko’p bo’lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin

3. “O’zstandart” agentligining vakolat doirasiga kirmaydigan savollar ko’rib chiqilmaydi va boshqa tashkilot va korxonalarga yuborilmaydi. Noto’g’ri shaklga ega bo’lgan murojaatlar ko’rib chiqilmaydi.

4. Matnning o’lchami 1000 belgidan oshmasligi lozim.

5. To’liq bo’lmagan yoki jo’natuvchi haqida ma’lumotlar aniq bo’lmagan taqdirda elektron shakldagi murojaatlar (so’rovlar) ko’rib chiqilmaydi.

6. Agar Siz, bizning javobimizdan qoniqish hosil qilmasangiz,  “O’zstandart” agentligining quyidagi manziliga yozma murojaat qilishingiz mumkin: 100049, Toshkent shahri, Farobiy ko’chasi 333 A uy. Elektron manzil: uzst@standart.uz