Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Xalqaro Elektrotexnika komissiyasi Bosh Assambleyasi 85-yigʻilishi oʻz ishini boshladi. Unda Elektrotexnika va energiya sohasiga oid xalqaro standartlarni ishlab chiqish, ularning mamlakat eksport salohiyati va milliy iqtisodiyotini oshirishdagi oʻrni, texnik qoʻmitalar faoliyatini rivojlantirish, standart sohasida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash masalalariga etibor qaratiladi.