Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filialida “Ustoz va murabbiylarga taʼzim” mavzusidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirga tizimda koʻp yillar faoliyat koʻrsatgan, oʻnlab shogirdlarga ustozlik qilgan va bugungi kunda oʻz oilasi va farzandlari ardogʻidagi ustozlar taklif etilib, ularga hurmat koʻrsatildi.

Shuningdek, bayram arafasida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filialida eski laboratoriya xonalari oʻrnida yangi, barcha talablarga javob beradigan, zamonaviy kalibrlarlash yoʻnalishidagi laboratoriyalarni qurilish-taʼmirlash ishlari boshlandi.

Mukammal taʼmirlash ishlarini “Buxoro omad baraka” qurilish korxonasi oʻz zimmasiga olib, qisqa muddatlarda zamonaviy, soʻnggi rusmdagi uskuna va jihozlar bilan taʼminlangan laboratoriyalari barpo etiladigan boʻldi.